← Barcha she’rlar

Har qayga yursang ham, dengiz kelgaydir

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Har qayga yursang ham, dengiz kelgaydir,
Yer yuzi oʻralgan suv bilan tamom.
Sevgi mashaqqat-la egiz kelgaydir,
Ishqning sahrosida yoʻq izzat-ikrom.

Agar ma’shuqingdan ozorlar yetsa,
Lazzat deb bilmasang, ey oshiqi zor,
Ishqning qahratoni qorlarin tutsa,
Qalbingda lovullab turmasa, bahor —

Har qancha she’r oʻqib, toʻqima doston,
Sevdim deb aytganing yolgʻondir, yolgʻon!

Akrom MALIK