← Barcha she’rlar

Seni eslamagan kunim yoʻq mening

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Seni eslamagan kunim yoʻq mening,
Seni oʻylamagan tunim yoʻq mening.

Seni eslamasdan oʻtmaydi onlar,
Sen eslamasdan otmaydi tonglar.

Poyingga bosh qoʻyib yotaman goho,
Tubsiz xayollarga botaman goho.

Balki eslagaysan meni har kuni,
Qayda ekan deya bagʻri tutunim…

Qoshingga boraymi, chaqirmasang ham?!
Balki borishimni yoqtirmasang ham?..

Har kun xatlar yozib oʻchirib, yirtdim,
Har kuni ming bora nomingni tutdim.

Qanday qilsam sening koʻngling topaman?
Senga boradigan yoʻlni topaman?!

Balki eslamassan meni unutding,
Balki mendan kimdir koʻngling sovutdi.

Menga boqmasang gar qanday choram bor?..
Ammo sendan boʻlak qanday yorim bor?!..

Akrom MALIK