← Barcha she’rlar

Sendan qancha yetsa ozor-u jafo

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Sendan qancha yetsa ozor-u jafo,
Ayladim haqqingga duo-yu duo.
Hech qachon demadim raf-u daf bo'lgil,
Vasling ermish mudom menga muddao.

Bitiklik har ishim fasod, salohi,
Boshimda darveshlar qalpoq — kulohi.
Har qachon eslasam Seni, Haq dedim
Va bildim: ilohiy — ishqim ilohiy!

Akrom MALIK