← Barcha she’rlar

Tasavvur etsam gar ulugʻ zotlarni

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Tasavvur etsam gar ulugʻ zotlarni,
Ularning haybati dilni titratar.
Dunyo ichra koʻrib xarobotlarni,
Koʻzimning kosasi yoshini tutar.

Ularning qoshida bizlar boʻldik kim,
Holimiz – qurbaqa, yurishimiz – gʻoz.
Nasihat soʻzimiz misli masxara,
Oʻzimiz goʻyoki bir masxaraboz.

Akrom MALIK