← Barcha she’rlar

Oʻzgalar aybini koʻrguncha, Xudo

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Oʻzgalar aybini koʻrguncha, Xudo,
Koʻzim koʻr boʻlsa ham roziman, rozi.
Oʻzgalar nuqsini soʻylar ekan to,
Tilning kesilmogʻi – ishlarning sozi.

Nechun hukm aylamak – bu hadsizlik ne,
Hukm aylamoq uchun kim erur qozi!..
Oʻzimning holimga qaygʻu chekayki,
Qorayib yotibdi nomam qogʻozi…

Hokim Xudo erur, hukm Uniki,
Nechun burun suqmoq Haqning ishiga?!
Banda haddin bilib saqlasin sukut,
Salomatlik boʻlgay sokit kishiga!..

Akrom MALIK