← Barcha she’rlar

Kimdir agʻyor boʻlsa, olishma, aslo

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Kimdir agʻyor boʻlsa, olishma, aslo,
Nafrat zanjiridan oʻzingni qutqar.
Dunyoni qoʻygil va de faqat Xudo,
Oʻzingni turfa xil chohlardan oʻtkar!

Va istasang yovdan olmoqni qasos,
Maydalashma aslo, aytma qol-u qiyl,
Xudoning yoʻliga qilgil-u ixlos,
Hamisha yuksal va gʻoliblardan boʻl!

Yetar, ortiq etma harakat, koʻshish,
Qanday kun – barchasi bir-bir oʻtadi.
Senga yogʻilarkan duo va olqish,
Dushmaning alamdan oʻlib ketadi.

Akrom MALIK