← Barcha she’rlar

Agar kuchim yetib, qodir bo'lsaydim

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Agar kuchim yetib, qodir bo'lsaydim,
Aql-u donish uchra nodir bo'lsaydim,
Biror so'z demasdim g'am-u dardimdan
Hatto qiyomatlar sodir bo'lsaydi!..

Gung-u lollar kabi o'tar edim jim,
Ajalning zahrini yutar edim jim.
Ichimga ko'mgancha jami so'zlarni
Safarim so'ngini kutar edim jim...

Balki bo'lsa edi biror do'sti sof,
Tuysaydi shul ko'ksim qanchalar shigof!..
Odamzod eshitmas edi sasimni,
Ul do'st ko'rganida jismimni shaffof...

Akrom MALIK