← Barcha she’rlar

Kimnidir sevsang gar, ogoh bo'l, oshiq

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Kimnidir sevsang gar, ogoh bo'l, oshiq,
Ayirgay yaqinlik haddan tashqari.
Qo'liga tutqazsang qalbingni ochib,
Shafqatsiz sanchgaydir, albat, xanjarin.

So'ng g'amga cho'kkaysan, ko'zyosh to'kkaysan,
Sevganing ketgaydir holingga boqmay.
Ich-u etingni yeb, yig'lab tugaysan,
Xotiralar urgay bamisli chaqmoq.

Shul sabab, asramoq istasang sevging,
Uzoq tur, uzoq yur mahbubingdan sen.
Toki bezor bo'lish qo'ymasin yengib,
Oqibat ayrilma matlubingdan sen.

Akrom MALIK