← Barcha she’rlar

Qaysi bir siniqdil g'aribga, ey qul

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Qaysi bir siniqdil g'aribga, ey qul,
Ko'rguzsang zarracha lutf mabodo,
Ul lutfing yo'lingda bamisoli gul,
Bamisli nur kabi kutgaydir, ayo!

Vale bag'ri kabob bechora kasga
Zulm aylasang agar, bo'lgaysan ogoh –
Ul zulming bir kuni kelsa qarshingdan
Qochmoqqa topmassan hech qanday panoh!

Akrom MALIK