← Barcha she’rlar

Sen Yakkasan, Sen Birsan, Xudo

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Sen Yakkasan, Sen Birsan, Xudo,
Hech bir kasga emassan muhtoj.
Har ne nuqson Zotingdan judo,
Faqat Senga har bir ehtiyoj.

Men ham sening qulingman, Robbim,
Ajz-u ranjga toʻla yolgʻiz qul.
Bugun muhlik yoʻllarda qoldim,
Endi Oʻzing madadkorim boʻl!..

Akrom MALIK