← Barcha she’rlar
Zamirimga nazar solganlar
Zamirimga nazar solganlar,
Kasofatim qoldingiz sezib.
Qaygʻuyimga boqib tolganlar,
Uzoqlarga ketdingiz bezib.
Sizga yaxshi, sizlarga oson –
Shart ketasiz, ochiqdir ora!
Ammo ayting, men shoʻrlik, nolon,
Qay tomonga qochsin, bechora!
Shu on keldi hotifdan nido –
“Nega buncha gʻamga boʻlding och?!
Tavba yoʻlin qilib muddao,
Xudoyimning rahmatiga qoch!”
Akrom MALIK