← Barcha she’rlar

Men oʻzimni yaqindan bilib

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Men oʻzimni yaqindan bilib
Chidab yurgan edim chor-nochor.
Endi kimki doʻst boʻlib kelib,
Meni bilgach uzoqqa qochar.

Oʻz holimdan oʻzim parishon,
Oʻz ishimdan oʻzim muztarib.
Topolmasdan quvonchdan nishon,
Ketar qalbim nurni axtarib.

Qalbim senga ayon, Rabbano,
Zarra dogʻin oʻchirolmasman.
Kechirmasang, meni mabodo
Men oʻzimni kechirolmasman.

Akrom MALIK