← Barcha she’rlar

Qadardan yaxshilik koʻrdim, Xudoyim

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Qadardan yaxshilik koʻrdim, Xudoyim,
Yana yaxshiliklar kutib yashayman.
Dilimda mavjlanib doim duoyim,
Rahmatingga koʻzim tutib yashayman.

Zotan, boshdan oyoq yomon boʻldim men,
Sen esa karamli, mehribon Zotsan.
Boʻlsam, faqat Sening tomon boʻldim men,
Umidim – lutfingdan abadiy totsam.

Akrom MALIK