← Barcha she’rlar

Har kun uruşdaman – beayov uruş

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Har kun uruşdaman – beayov uruş,
Hayot-mamot emas, undan ham muhim.
Duşman qöşin tortib, qilganda xuruş,
Goho tözon içra munğayar tuğim.

Hayot ne? Yaşamak, ya’ni tiriklik,
Mamot ne? Ölimdir. Ruhning köçişi.
Jism-u ruh çirmaşib turar birikib,
Muttasil xavf – duşman uruş oçişi.

Muqaddas urş erur, uluğ jang erur,
Har onga çözilgan bu qonli ğazot.
Hujumlar ostida holim tang erur,
Bu jangda imkonsiz bölmoğim ozod.

Taşqaridan kelgay qurşab har tomon,
Közim körmaydigan dahşatli laşkar.
Million yoşdan oşgan osiy qömondon,
Baloyi ofatdir, vabodek xatar.

Içkarida poylab turgan xoin bor,
Yovga darvozalar oçmoqqadir şay.
Har on xiyonatlar körsatib oşkor,
Morbozbek çaladi keça-kunduz nay.

Bir on qololmasman ğaflatda, bir on,
Ölja poylagandek sergakdir yovlar.
Ğajib taşlagaylar qöymasdan omon,
Çun ovlasa, faqat odamni ovlar.

Bu jangda borliğim majruh, yarolik,
Ruhim ğussa bilan limmo-lim tölgay.
Yengilsam, abadiy baxtiqarolik,
Yengsam agar, mangu ğalaba bölgay.

Zafar qozonmoqqa qilmasman gumon,
Xudoyim, tavfiqing kelib tursa, bas.
Zotan, duşmanimning otidir şayton,
Xoin nonkörimni ataydirman nafs.

Akrom Malik