Assalomu alaykum, hurmatli ustoz Akrom Malik! Bu maktubni ham duo ma’nosida, ham…

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz Akrom Malik! Bu maktubni ham duo ma’nosida, ham boshqa opa-singillarimizga xolis bir maktub sifatida qabul qilishingizni so‘rar edim. Xudoga shukur, oilaliman, ko‘zimning quvonchi bo‘lgan farzandim ham bor.
Boshimdan ko‘p sinovlar o‘tgan, lekin inson goho sinovlar sababini ham bilolmas ekan.
Sizning kanalingizda e’lon qilingan “Mumtoz oila” kitobingizni o‘qiyapman.
Ochiq aytay: boshida nafsim koʻtarolmadim, har sonini oʻqirkanman ichimda qarshiliklar bisyor edi. Bu matnlar va undagi fikrlarni Umuman, oʻzimga yaqinlashtirgim kelmadi. Ammo yozganlaringiz qandaydir haqiqatga ham o‘xshardi, nazarimda, men ularni yashay boshladim. Har bir aytganlaringiz tezlik bilan hayotimda sodir boʻldi...
Oilani koʻz gavhari kabi asrash kerak ekan. Unga chetdan kimdir dahl qilishi koʻzga gard kirgan kabi ogʻriqli, va chidab boʻlmas musibat ekan.
Koʻzimga gard kirsa qanday qarayman. Pirpirap, koʻzim yoshlanib ketadi. U chiqib ketmaguncha azoblanaman. Hatto koʻzimni yumib uxlolmayman ham.
Oila qoʻrgʻoniga ham kimdir suqilishi, nazar solishi shunga oʻxshash bemaza, bundanam yomon holat.
Ayol bu ojiza! Ojizaligi esa nuqson emas balki uning maqomi ekan.
Ayol siniq boʻlsin. Zinhor er bilan gap talashmasin. Koʻngli yumshoa boʻlsin, mayli salga yigʻlab yuborsa ham unga yarashadi. Ammo birga bir er bilan olishmasin...
Mening katta katta nuqsonlarim koʻz oldimda tasmadek aylandi....
Astagʻfirulloh. Men bilan erim qanday yashadi ekan deya oʻylab qoldim.
Tan ololmasdim. Ojizalikni nuqson derdim. Senga emas bunday hol derdim. Nafsim shunday derdi. Va atrofdagilarning bu borada fikrlari mening ishonchimni oshirardi.
Bir kun hammasi tugashiga bir qadam qoldi.
Qarasam tevarak atrof hamma menga qulayliklar yaratish bilan band.
Bir kunda hamma narsani hal qilib yuborishga qodir insonlar bor ekan atrofimda.
Tashqi hayotni, ularning yonida boʻlishni bir lahza hayolimga keltirdim-u qoʻrqib ketdim. Qaltiradim.
Yoz boʻlsa ham, soquvni, kunduz boʻlsa ham zimistonni his qildim.
Allohim toʻgʻri yoʻl koʻrsat dedim.
Bir lahzada qalbim yumshab ketdi...
Men avliyomasman, ammo bir narsani bildimki, shayton navkarlari bilan oilani yakson qilishga intilarkan va bu yoʻlda hamma narsa taxt boʻlib turgan boʻlsa ham, Allohdan bir lahzada yordam soʻralsa bu yordam juda tez kelarkan.
Menga Robbimdan yordam juda juda tez keldi!
Xo‘jayinim kirib keldilar. Yuzlariga qarasam kulimsirab turibdilar...
Shu chogʻda Allohim farishtalari bilan bizning oilamizni himoya qildi, shaytonni quvib chiqardi deb oʻylayman.
Allohimga behisob shukurlar boʻlsin, men yigʻlolmasdim. Qalbim qotgan edi. Hatto ojizalik bu yigʻi deb oʻylardim.
Endi tez tez ta'sirlanyapman... koʻzimga quvonch yoshlari ham bir pasda kelib qolyapti. Men ojizalik libosini kiydim. Uni InshaAlloh yechmayman. Va u mening asl libosim. Va qiymatimni belgilab beradigan maqom. Shu maqomda oʻlishni istayman. Bu menga juda huzur beryapti: erim uchun yelib-yugurish, uning injiqliklarini ko‘tarish va hokazo. Hayot shunday go‘zal va yorug‘ ekan, nega bilmagan ekanman-a?
Ustoz, sizni turmush o‘rtog‘im ham kuzatadilar, men ham. Oilaviy sizni hurmat qilamiz, haqqingizga duodamiz, bizni ham duo qilishingizni so‘raymiz. Xudoyim to‘g‘ri yo‘lda sobit qilsin, ortimga, shaxsan men qaytishni istamayman. Buning uchun sizdan ham duo umidimiz bor.
Sizga samimiy hurmat ila o‘quvchilaringizdan biri bo‘lgan. M.B.
17-iyun, 2026-yil, chorshanba, Toshkent shahri.