Musulmonlar uchun Qurbon hayiti – Qurbon bayrami eng ulugʻ bayramdir.
Musulmonlar uchun Qurbon hayiti – Qurbon bayrami eng ulugʻ bayramdir.
Bu bayramni quvonch va shodlik ila nishonlamoq kerak. Buning uchun ulugʻlar kichiklarga, boylar qashshoqlarga, boshliqlar xodimlarga hayitlik bersalar, juda yaxshi boʻlur edi. Shuningdek, doʻstlar ham bir-birlari uchun ham hadya ulashsalar, nur ustiga nur.
Oilada ham barcha bir-birini eng yaxshi sovgʻa va qurbonlik goʻshtlari ila siylab yoʻqlamoqlari savobli va goʻzal amaldir.
Bayramda hech kim xafa boʻlmasin, dilozorliklar qolmasin, dillar ogʻrimasin!
Farishtalar va odamlar birdek shodlanadigan kunda hammamiz shod boʻlaylik. Yaqin va uzoqdagi qadrdonlarni tabriklaylik. Araz va gina saqlash shaytondan; kibr va kattalikni sindirmoq Xudoga maqbul ish.
Bu matnimiz bayramga ruhan tayyorlanish va bir-birimizga hadyalar hozirlash haqida boʻldi.
Tabrik va duolar esa alohida.