Oʻz xulqi haqida qaygʻuradigan, oʻz adab va insofini tahlil etadigan hamda goʻzal…
Oʻz xulqi haqida qaygʻuradigan, oʻz adab va insofini tahlil etadigan hamda goʻzal axloq sari intiladigan odamning har biri pokiza zotga mansubdir. Chunki inson zotidagi buzuqlik yaxshi odam boʻlishim kerak deb oʻylashga izn bermaydi; zoti ayniganlar goʻzallik va odamiylikni emas, razillik va jaholatni sevadilar; ularni ezgulik tantanasi emas, yovuzlik va habislik sevintiradi; ular poklik va samimiyatdan emas, fahsh, buzuqlik, harom va ifloslikdan quvvatlanadilar hamda bu badbaxtlikka yopishib, birikib boraveradilar hamda ularni qabohatdan ajratish imkoni qolmaydi.
Yaxshilar gunoh va ma’siyatdan azoblanadilar va hech qachon tubanlik changalida qolib ketmaydilar. Ular nasihatdan ta’sirlanib, Xudodan pinhona ravishda yigʻlab, yolvorib toʻgʻri yoʻl soʻrovchilardir.