Insondagi ayrim kasalliklarning yashirin davri bo'lar ekan — xastalik jism ichida…
Insondagi ayrim kasalliklarning yashirin davri bo'lar ekan — xastalik jism ichida berkinib o'tirib, keyin fursat topganda o'zini namoyon etar emish. Shunga o'xshash odamzodning ma'naviy xastaliklari ham doimo pinhondir, uni kishi ko'ra olmaydi, ko'rishi uchun biroz ilm hamda ma'naviy tabib ko'magi zarur.
Xususan, johillik — ilmsizlik ham eng jiddiy kasallikdir, balki barcha illatlarning onasi. Eng qizig'i, insonlar jaholatni kasallik deb bilishmaydi. Jaholatni kasallik deb bilmaganlarga ilm bermaslik lozim, chunki ular hech qachon ilm qadrini bilmaydilar.
Shu ma'noda, muhtaram muallimlar va aziz ustozlar ostonalariga bosh urib kelmagan biror johilga ilm bermasliklari yaxshi ish, johilning ortidan ilm beraman deb yurmaslik shart, toki ilm hamda ilm ahli xorlik va zorlikda qolmasin.
Hatto ilm istab kelgan johillarni haydab solish kerakki, ular ilmsiz halok bo'lg'aymiz deya qayta-qayta eshik taqillatganlaridan so'ng ilm berish haqida mushohada qilinsa, arziydi.
Azob va uqubatlar ila olingan ilmni johil va razillarga bermang, evaziga xor va oyoqosti bo'lgaysiz.