← Barcha maqolalar

Dunyoga boʻlgan muhabbat qalblarni egallab olganiga dalillar:

Maqola · 2 daqiqa o‘qish

1. Dam olish bahonasida qalbning turli sayohatlarni yaxshi koʻrishi, chet davlatlar, togʻlar, dengizlar sari talpinishi hamda bu haqida imkon boricha hammaga bildirish istagi. Normal holda dam olish tana va ruh ehtiyojidan kelib chiqadi, majburiyat sababli sayohat rejaga kiritiladi va bu narsa riyokorlarcha maqtanilmaydi.
2. Kishilar maqtovi va e’tiborga boʻlgan hirs – odamlar maqtashlari va e’tibor berishlari, qoyil qolishlari uchun urinish – dunyo muhabbati qalbga chuqur oʻrnashganiga dalil. Shu narsalar boʻlmasa, inson mahzun boʻlsa, xastalik ogʻir. Normal holda kishi oʻz vazifasini bir maromda bajaradi.
3. Gapirishni sevish – meni eshitsalar, bas; ogʻzimga qarab turishsa, bas deb gapirishning nomi valaqlashdir. Valaqlagan inson soʻzlaridan koʻzlagan ratsional maqsadni koʻrsata olmaydi. Normal holda odam muayyan maqsadni amalga oshirish uchun gapiradi.
4. Dunyoga oid mollar – kerak boʻlsa, boʻlmasa, maqtanish va riyokorlik uchun libos, arava, chiroyli va obroʻli odamlar bilan tanishuv, raqam uchun, IQ namoyishi uchun kitob oʻqishga boʻlgan oʻchlik ochlikdan, dunyoga qullikdandir.
Dunyoni sevmaslik, uning zanjiridan ozod boʻlish odamga jasorat, xotirjamlik, Haq bilan qurbat beradi. Umuman, bu masala ulkan ilmning bir tomchisi edi.
Bu soʻzlar chin haqiqatga muhtojlar uchun, aldanib yuraman deganlarga shataloq otadigan maydon keng.