← Barcha maqolalar

Hayotning lazzatlaridan bahramand boʻlmogʻim kerak deya imkon qadar harakat…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Hayotning lazzatlaridan bahramand boʻlmogʻim kerak deya imkon qadar harakat qilayotgan yoshlar yanglishadilar. Hayotning lazzatlari boʻlmish hoy-u havas; oʻyin-kulgu; chiroy va goʻzallikka oshufta boʻlmoq ila umr isrof boʻladi; bu narsalarga ovora boʻlmay kelajak hayot uchun zaxira hozirlamoqqa intilmoq lozim. Ertaga ofiyat va xotirjamlik, sobit va mustahkam maqom topmoq uchun xayol va kuchni jamlab, ishlash, oʻqish, yuksalish talab etiladi. Bugun yoshligini havoga sovurganlar keksayganlarida xorlik va azob changalida yashaydilar. Oʻzlaridan iz, yaxshilik qoldirolmaydilar.