← Barcha maqolalar

Insonlarning aybini ochishga oʻchlik – insonning tuban sifatidir.

Maqola · 2 daqiqa o‘qish

Insonlarning aybini ochishga oʻchlik – insonning tuban sifatidir.
Aybjoʻ – odamlar aybini koʻrguvchi. Aybgoʻ – odamlar aybini aytishni kasb qilgan kishi.
Gʻaflat yarashimli sifat emas, lekin odamlarning nuqsonlarini koʻrmaganga olish zarur. Xalqning ayblari qarshisida bir qadar gʻofil suratida boʻlmoq kerak.
Insonlarda kamchiliklar ikki turlidir: tuzaladigan va tuzalmaydigan. Tuzaladigan nuqsonlar ham ikki qismga ajraladi: darhol tuzaladigan va uzoq vaqt davomida tuzaladigan.
Ayrim xatolikni oqil inson dakki eshitgan paytidayoq oʻnglaydi. Ayrim nuqsonlarni bartaraf etish uchun yoʻriq, maslahat, yordam zarur. Biror kishidan ayb koʻrinsa, koʻrgan odam bu kamchilikning tuzalishi qancha vaqt olishi haqida oʻylamogʻi kerak. Agar hoziroq tuzalmasa, uni isloh etaman deb ham oʻsha ayb haqida egasiga aytmaslik lozim. Chunki uzoq vaqtda tuzaladigan ayblar ham uch turli boʻladi: birinchisi nasihat va tushuntirishlar natijasida tuzaladi; ikkinchisi hayotiy tajribalar hamda vaqtning oʻtishi bilan tuzaladi; uchinchisi faqat nazorat va qattiqqoʻl tarbiya bilan tuzaladi.
Eng qizigʻi, odam bolasining aksar nuqsoni tuzalishi uchun uzoq muddat, nasihat, vaqt hamda tarbiya zarur.
Kamdan kam odamlar birinch tanbehdayoq nuqsonini tan olib, tuzatadi. Aksincha, odamlar oʻz xatosini aytganni tezda yoqtirmay qoladi. Xoh ortidan aytilsin, xoh yuziga.
Bu holdan kelib chiqadiki, kishilar nuqsonini fosh qilish kutilgan natijani bermaydi.
Agar kishilar bir-birlarininh ayblarini tinimsiz fosh qilaversalar, u nuqsonlar tuzalmaydi:; avj oladi; meh-oqibat koʻtariladi. Afzal odam – kishilar aybini vaysamaydigan odamdir. Eng afzali – odamlar aybini koʻrmaydigan kishidir. Undan afzali – faqat oʻzi va oʻz ahlini isloh qilish bilan mashgʻul insondir.