Yoshlarni toza va pokiza boʻladi deb bilardim. Keyin ma’lum boʻldiki, yoshlar…
Yoshlarni toza va pokiza boʻladi deb bilardim. Keyin ma’lum boʻldiki, yoshlar orasida ham ayyor, ikkiyuzlamachilari koʻp ekan.
Senga yaxshi muomala qilib, ota-onasiga adabsizlik qiluvchilari bor ekan. Bular xoindirlar.
Senga faqat ishini bitirib beradigan vosita deb qaraydiganlari koʻp ekan. Bular tubandirlar.
Senga oʻzini bechora koʻrsatib, ortingdan yomon soʻzlarni tarqatadiganlari ham bisyor ekan. Ular xordirlar.
Inson hayoti tamalini – poydevorini yigitlikda qoʻyadi. Yigitligingni tubanlik, ikkiyuzlamachilik, chidamsizlik, xiyonat, ahmoqlik, dunyoparastlik, munofiqlik, shahvatparastlik, takabburlik bilan oʻtkazarkansan, seni kelajakda ana shu jirkanchliklarning hosili kutib turadi. Istasang ham, istamasang ham, yeysan.
Yoshlikni matonat, halollik, poklik, sadoqat, mehnat, sabot, muhabbat, intilish, rostgoʻylik, sabr, ibodat bilan ziynatlasang, seni kelajakda izzat va sharaf kutmoqda.
Yigitning qilayotgan ishi – zoti va naslining koʻzgusi. U zotidagi hamma illat va fazilatni fosh qilib yashaydi. Boshqacha boʻlishi imkonsiz.
Albatta, tavba va tavfiq eshigi ochiq, unga ham zoti va naslida yaxshilik borlar muvaffaq boʻlajaklar.