Inson oʻz istaklari darhol bajo boʻlishi uchun harisdir: tezda boy boʻlay; tezda…
Inson oʻz istaklari darhol bajo boʻlishi uchun harisdir: tezda boy boʻlay; tezda olim boʻlay; tezda uy olay; tezda ulov olay; tezda uylanay; tezda erga tegay…
Aslida, qalbda biror niyat, biror xohish uygʻonsa, amalga oshsin deya yurakning hapqirmagani yaxshi. Sel hammayoqni buzib tezda tinchiydi. Soy qanchalik shovqin solsa, shunchalik quvvati sust. Qoʻrqoqning tovushi baland yangraydi.
Chuqur oʻylab, maqsadlarni aniqlamoq lozim. Shu maqsad yoʻlida vazminlik va viqor, reja va doimiylik bilan qadam tashlamoq kerak: har kuni maqsad sari intil, lekin toʻxtama.
Shoshsang, har kuni maqsading oʻzgaradi; har kuni gʻam chekasan; har kuni hasad qilasan. Shoshmasang, har kuni ishlaysan; har kuni natija koʻrasan; har kuni quvvatga toʻlasan va har kuni xulqing goʻzallashadi.
Bitta ishning boshini tutsang, albatta, hosilini terasan. Shubha qilma.