← Barcha maqolalar
Boshingga har qancha musibat tushsa ham, jim boʻl. Sukut qil. Gapirma. Imkon qadar…
Boshingga har qancha musibat tushsa ham, jim boʻl. Sukut qil. Gapirma. Imkon qadar e’tibor berma. Oʻzingni oqimga tashla. Malomatlarga javob aytma.
Senga kelgan sinov – toʻrli tuzoqqa oʻxshaydi: har qancha pitirlasang, oʻralib boraverasan.
Sokin boʻl. Albatta, domdan chiqasan. Xuddi yoʻq kabi tur. Hujum qilganlar maqsadlariga erisha olmasinlar.
Vaqt oʻtadi, hammasi joyiga tushadi. Ozor berganlar nadomat chekadilar; sening yuzing yorugʻ boʻladi.
Senga azob berib, seni yengib gʻalaba lazzatini totamiz deganlarga imkon yarat: ular biz zafar qozondik deb huzur qilsinlar. Holbuki, bu ular uchun foydasiz va senga esa foydali holat hisoblanadi.
Sabr va uning hosili shundaydir.