← Barcha maqolalar

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Buyuk Ipak yoʻli metrosidan chiqqanda

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Dogʻiston koʻchasidan Parkent koʻchasiga chiqaverishda Evos oshxonasida oldidagi soyabonlar tagida bir guruh maktab oʻquvchilari karta oʻynab oʻtirishibdi. 10-15ta. Qizlar ham bor. Ayrimlari dars qilyapti.
Oʻynamanglar desam, quloq solmay, mazaxomuz qarab , davom ettirishmoqda. Hammasi oʻzbek.
Ota-onalar, bolalaringga qaramaysizlarmi? Maktablar, oʻquvchilarga qartavozlik oʻrgatyapsizlarmi?
Mahalla, voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlimi, qaramaysizlarmi?
Nima qilaylik, aytingizlar? Ertaga mening bolalarimga bularning bunday xulqi yoyilib, ta’sir qilmaydimi?