← Barcha maqolalar

Hammamiz hissiy beqarorlikka chalindik. Aksar odamlarning ichi sababsiz vahima…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Hammamiz hissiy beqarorlikka chalindik. Aksar odamlarning ichi sababsiz vahima hamda vasvasa bilan toʻlgan. Aslida, sababsiz emas. Odamiyzod oʻzining qay darajada gunohlarga gʻarq boʻlayotganini sezyapti, jism va aqldan ayri holda ruh talvasaga tushmoqda. Chunki ruh bu ishlarning javobsiz qolmasligini idrok etmoqda.
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytaman: bizning ruhiy halovatimiz – toʻrdan chiqib olishdadir. Toʻr – internetdir. Bugun bu ish mahol koʻrinish tus oldi. Lekin matonat bilan erishish hamon mumkin.
Eng avval youtube, facebook, instagram, tiktok deb atalgan toʻrdan chiqib ketish kerak. Ularning ilovalarini gaptashir (telefon)da ham saqlamaslikni tavsiya qilaman. Xumori tutib, browserdan koʻrib qoʻysangiz-da, ilovani saqlashdan keladiganchalik zarar boʻlmaydi. Albatta, bu ilovalar bilan bogʻliq qandaydir ruhiy-hissiy muammolar kelib chiqishi muayyan asoslarga ega. Hozircha shu zanjirlarni uzib tashlash bizni ancha xotirjam va halovatli qiladi, inshaAlloh.