← Barcha maqolalar

Ulkan-ulkan yutuqlarni jimgina hazm qilib yuborish va ko‘z-ko‘z qilmaslik hamda…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Ulkan-ulkan yutuqlarni jimgina hazm qilib yuborish va ko‘z-ko‘z qilmaslik hamda yutuqni xalqqa xizmat qilish deb hisoblash o‘tgan ulug‘lar, salaflar, solik va solihlarning sifatidir.

Kichik ishlarini katta yutuq sifatida ko‘rsatib, hashamat ila e’lon-u e’lomga zo‘r berish mayda odamlarning odatidir.

Kimgaki erlik asari yordur,
Bir demas, ar qilg‘oni ming bordur.

Ko‘rmagan erlikdin o‘zin bahramand,
Birni dog‘i qilmasa, yuz der baland.

Vaqti bilan qildi xurus un ayon,
Tinmadi bir lahza kuruk mokiyon.

Ya’ni haqiqiy er ming ishni qiladi, ammo bir bor tiliga chiqarmaydi. Erlikdan bahramand bo‘lmagan inson bir ishni uddalamaydi, biroq yuz bor baland so‘zlarni aytib jar soladi. Xo‘roz vaqti-vaqti bilan sas chiqaradi, maqsadi – insonlarni namozga uyg‘otmoq, ammo makiyon tovuq esa bir on to‘xtamay qoqog‘laydi. (Hayratul abror sharhi, 566-bet)

Akrom MALIK