HAYOT JUDA HAM ODDIY VA GO'ZAL, uni murakkab va qabih qiladigan insonning nafsidir.
HAYOT JUDA HAM ODDIY VA GO'ZAL, uni murakkab va qabih qiladigan insonning nafsidir.
Qayg'uga tushishga sira ham hojat yo'q, shunchaki, odam bolasi pok bo'lsin, gunohlardan yiroq bo'lsin! Kibr va farosatsizlikdan xoli tursin; hasad va yolg'ondan uzoq ketsin; g'iybat va chaqimchilikdan xalos bo'lsin!
O'zingni bil, o'zgani qo'y, har xil odamlar bilan gaplashish va do'stlashishdan qoch, qadrdonlarni ardoqla, sadoqatli, sabrli bo'l, tabassum qil, yengil yur, ibodatlarni kanda qilma, boshqalar bilan hayotingni solishtirma, boriga qanoat qil, foydali ish bilan band bo'l, hammasi juda oddiy, har kishining qo'lidan keladigan ish emasmi?
Hayot juda oddiy va go'zal,oddiygina yashaylik va go'zal yashagan bo'lamiz shunda, inshaAlloh!
Kuch-qudrat, shon-shuhrat haqida o'ylama, o'zingni qiynama-ey!
Rizqing uchun duo qilgin, mana shu ham rizq uchun qilingan sabab. Voqeani o'qigin, mana shu ham zo'r sabab! Shu sabablarni joriy qil, boshqasi uchun ham g'ayrat keladi, nima qilasan endi rizq deb o'zingni o'tga urib, cho'qqa urib?
Rizq berish — Xudoning ishi, bermaganini tortib olarmiding? Berganini qaytarib otarmiding? Boriga shukur qil, tamom. Nima qilasan, rizq deya o'zingni qiynab-a!
Sen o'z ishingni qil, bandaning ishini qil, chirog'im.