← Barcha maqolalar

Saxtko‘sh elga dema, oxir falakdur saxtgir,

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Saxtko‘sh elga dema, oxir falakdur saxtgir,
Arzimas olamda hech ish xud bo‘lurg‘a saxtko‘sh.

Mazmuni:

Dunyo deb tirishgan odamlarga falakning oxirgi ishi zolimlik dema, bu olamda hech bir ish tirishib yotishga arzimaydi.

Sharh:

Ba'zida dunyoga mukkasidan ketganlarni bu mastlikdan uyg'otaman deb orif insonlar qiynalib qolishadi: juda jon kuydirib, olamning o'tkinchi ekanligini tushuntirmoqchi bo'ladi, lekin baribir dunyo ortidan chopgan hamda mansabdor va mansab oldida esini yo'qotganlarga hech bir nasihat kor qilmaydi, ularning ko'zlari ko'r, quloqlari kar.
O'zi bu dunyoda dunyoga oid biror ish tirishib yotishga arzimaydi, inchunun, bunday g'ofillarga haqni anglataman deyish, baribir, ular uyg'onmaydilar va seni malomat qilib, ustingdan kulib, g'iybat ila, masxaralab, muhokama qilib dilingga ozor berib yuraveradilar, ulardan uzoq bo'l va o'z hollariga qo'y. Sen ulardan omonda bo'lasan, ular ham sendan qutuladilar.

Manba.