Ajdodlarimizning merosi bizga nima uchun muhim?

Ajdodlarimizning merosi bizga nima uchun muhim?
O'zligimiz, ruhimiz, qalbimiz va nihoyat, istiqlolimiz, ya'ni bu shaxsiy erkimiz, davlat mustaqilligi va millat ozodligini saqlashda eng ahamiyatli poydevor aynan ajdodlar merosidir.
Ajdodlar merosi der ekanmiz, eng avvalo hazrat Alisher Navoiy merosi ko'z oldimizga keladi. So'ng imom Buxoriydan boshlab, Muhammad Muso Xorazmiydan tortib Tohirxo'ja Samarqandiygacha yashab o'tgan alloma va shoirlarning asarlaridan iborat ulkan kutubxonani tasavvur etamiz.
Bugun chin ma'noda istiqlolni mustahkamlash, buyuk millat mavqeyiga qaytishimiz uchun ajdodlarimiz merosi ustida shunday qarzlarimiz bor:
1. Qadimgi qo'lyozmalarni saqlash.
2. Qadimgi qo'lyozmalarni ilmiy o'rganish.
3. Qadimgi qo'lyozmalarni faksimil chop etib, xalqimiz qo'liga yetkazish.
4. Qadimgi qo'lyozmalarning zarurlarini sharhlari bilan xalqimizga taqdim qilish.
Bugun kim millatsevar bo'lsa, kim xalqiga sadoqatli bo'lsa, kim ajdodlariga sodiq bo'lsa, kim kelajak avlod baxt-u kamoli, tafakkuri uchun qayg'ursa, mana shunday ishlarga hissa qo'shadi, chop etish, sotish, xalqimizga bu kitoblar ahamiyatini anglatishda ham moddiyan, ham ma'nan xizmat qiladi.
Bugun bizda ana shunday muhim nashrlardan biri hazrat Navoiyning 1484-yil qo'lda ko'chirilgan noyob qo'lyozmasining suratli nashri - faksimili qo'limizda turibdi. Uni yurtimizning zaxmatkash olimlar nashrga tayyorlashgan. Bu haqda ma'lumot olishingiz uchun manbalar:
1. https://t.me/tavfiqnashr/337
2. https://t.me/ozbekiston_tarixi_rasmiy/8230
Moddiy quvvati bor, ma'rifat va ma'naviyat, xalq va millat uchun fidoyi insonlarni tijoriy hamkorlikka taklif qilamiz: siz investitsiya sifatida ana shunday kitoblarga mablag' kiriting, bu kitoblarni targ'ib qilaylik va ularni xalqimiz qo'liga yetib borishiga hissa qo'shaylik, bu borada zaxmat chekayotgan olimlarimizni qo'llab-quvvatlaylik.
Aniq takliflar bilan bizga yozing: @Muloqot_2025Bot
Ayni paytda "Badoyiul bidoya"ni keng adadda nashr qilishimiz kerak. Bundan tashqari hazrat Navoiyning boshqa qo'lyozmalari, shuningdek, termuriylar davrida qo'lda ko'chirilgan noyob mus'haf - Qur'oni karim qo'lyozma nusxasi ham o'z nashri navbatini kutmoqda.
Hurmatli kuzatuvchilarimiz!
Ishning mohiyati va maqsadini, uning ahamiyatini his etgan bo'lsangiz, bu yozuvlarimiz ko'proq insonlarga yetib borishlariga hissa qo'shing, matnni ulashing.