← Barcha maqolalar

«Annosu’ ’alo dini muluk» hadisining tafsiri

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Shahning af’oli etar xaylu sipohig‘a asar,
Chu nabi dediki, «annosu ’alo dini muluk».

Hukamo ham dedilar shahni tengiz, xayli ariq,
Ul achig‘dur, bu achig‘, ul chuchuk o‘lsa, bu chuchuk.

Mazmuni:

ODAMLAR PODSHOHNING DINIDA BO‘LADI HADISINING SHARHI

Podshohning ishlari arkoni davlat va lashkarga ta’sir qiladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: "Odamlar shohning dinida bo‘ladi", - dedilar.

Hakimlar ham shohni daryo, ulusni ariq dedilar. Daryo achiq bo‘lsa, ariq ham achchiq; daryo chuchuk bo‘lsa, ariq ham chuchuk.

Sharh:

Hukmdorning fe’li, sifatlari xalqqa ko‘chib o‘tadi. Xalqning ishlari va harakatlari podshohni takrorlaydi. Bu faqat shohga emas, hamma rahbarga tegishli: tobelarining fe’li va axloqi uning fe’li va axloqining ko‘zgusidir. Qo‘l ostingdagi qilayotgan ish senga taqliddir.

Кирилл ҳарфларида ўқинг!