← Barcha maqolalar
Kuchi yetmaydigan ishlarga uringan banda oqibatda oʻzi shikastlanadi.
Kuchi yetmaydigan ishlarga uringan banda oqibatda oʻzi shikastlanadi.
Vaqt oʻz oqimida. Voqealar oʻz oʻzanida. Bandaning sapchishi uning uchun hech narsani oʻzgartirmaydi. Gʻazab va qahr bilan tugunlar yechilmaydi, balki yanada qattiqroq tugiladi.
Nafs uchun chorasizlikdan yaxshiroq dori yoʻq – har muammoni oʻz aqli va kuchi ila yechmoqchi boʻlganlar, albatta, bu achchiq dorini ichadi, boshqa iloji yoʻq.
Ba’zan hovliqdik, ba’zan hapqirdik; ba’zan hokimlik istadik, ba’zan kuch-qudrat.
Hukm va kuch-qudrat, izzat va hikmat Xudoniki. Banda oʻz ishini qilsin va Xudoning ishiga burun suqmasin, shunda xotirjamlik va halovat, omonlik va ofiyat qulning hayotini yoritgay.