← Barcha maqolalar

Nimadir bizga yetmayotgandek.

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Nimadir bizga yetmayotgandek.
Nimadir bizdan qochyapti va uni tutib olish uchun shoshyapmiz.
Aslida, hammasi joyida, hammasi muvozanatda – niyatimizga loyiq harakatdamiz. Harakatga loyiq baraka kelyapti.
Gunohlarimiz toʻsiq boʻlib, yoʻlimizni toʻsyapti, istigʻfor va xayr amallarimiz bu toʻsiqlarni yiqitmoqda.
Qalbimizda Xudoga qanchalik sinib yolvorsak, hayotimizdagi mushkullar shunchalik yechilmoqda.
Faqat biz shoshyapmiz. Faqat biz behuda chiranmoqdamiz. Rizq va nasiba Xudoning ixtiyorida boʻlgani holda koʻnmayapmiz. Hech narsaning erta yo kechi yoʻq: hammasi oʻz vaqtida sodir boʻladi, ishni buzsa, bandaning shoshqaloqligi buzadi.
Quldan talab etilgani: yaxshi niyat, gunohlarga tavba, ogʻriqlarga sabr, ne’matlarga shukur va Xudoga ibodat va zikr.
Olamni tarbiyat qilib turgan Zotni tanisang, qayerga shoshasan va nima uchun toqatsiz boʻlasan?
Sabrsizligimiz va jaholatimiz, gʻaflatimiz va kasofatimiz uchun bizni afv qil, Xudoyim!