← Barcha maqolalar

Aziz do'stlar!

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Aziz do'stlar!

Ramazonning bayrami - iydul fitr muborak bo'lsin!

Ro'za tutishda xatolarga yo'l qo'ydik, g'iybatlar qildik, Ramazon adabiga mos bo'lmagan ishlar bilan mashg'ul bo'ldik, bu muborak oyni yetarlicha qadrlay olmadik, ibodatlar va tilovatlar o'rniga dunyo ishlarining ovorasi bo'ldik...

Xudoyim, bizni bu ojizligimiz, ko'rligimiz va g'ofilligimiz uchun kechir...

Fitr bayrami - Ramazon hayiti ostonasida bu gunoh va nuqsonlarimizni afv etishingdan umidvormiz. Bizning hech bir amalimiz Sen aytgandek emas, hech bir ibodatimiz Sening ulug' zotingga munosib emas, biz faqat va faqat Sening fazlingga muhtoj ekanimizni anglab yetmoqdamiz...

Barcha musulmonlarga hayit bayrami muborak bo'lsin! Xudoyim kelgusi Ramazonlarga ham sog'lik va ofiyatda yetkazsin! Omin!