← Barcha maqolalar

Аvval nafsga ergashamiz – amallarimiz yomonlashadi. Taqiqlangan ishlarni qilamiz…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Аvval nafsga ergashamiz – amallarimiz yomonlashadi. Taqiqlangan ishlarni qilamiz. Buning oqibatida qalbda xastalik paydo boʼladi. Аql nafsni razolatdan toʼsa olmagach, inson jirkanch ishlarda davom etaveradi. Qalb avval zanglaydi, uni qora qurum bosadi, keyin ayniydi, iriydi, bir hovuch badboʼy bir suyuqlik holiga keladi.
Аna shu qalbning oʼlimidir. Xudo saqlasin!
Qalbning kasalligi eng avval gʼazab bilan namoyon boʼladi. Gʼazabning behuda alanga olishi qalbdagi jiddiy kasallikdan darak beradi.
Ikkinchidan, kibr, boshqalarni past koʼrish va ulardan oʼzini ustun koʼrish qalbning marazidir.
Uchinchidan, insonlar haqida hamisha badgumon boʼlish, ularni asossiz ravishda ayblash qalbning illatidir.
Toʼrtinchidan, insonlarning aybini bilishga, sirlarini ochishga oʼch boʼlish va bundan huzurlanish qalbning jiddiy shikastlanganiga dalil hisoblanadi.
Beshinchidan, maqtov hamda maqtanishni sevish qalbning ahvoli ayanchli ekanidandir.
Oltinchidan, insonlar eʼtibori va eʼtirofini, oʼzi haqidagi orqadan keladigan olqishlarga oshuftalik qalbning zaifligidandir.
Bu kabi illatlarga uchragan odamlarda shoshqaloqlik, haqni va nasihatni qabul qilmaslik, gʼiybatchilik, chaqimchilik, yolgʼonchilik, ayyorlik, ikkiyuzlilik, zulm kabi harakatlar koʼrinadi.
Qalbni tuzatish haqida oʼylash kerak.
Shuningdek, harom va shubhali taomlar inson qalbi xastaligining asosidir.
Har qanday nobop harakatning tagida qalbning xastaligi yotadi.