← Barcha maqolalar

Yaxshi loyihani hammamiz qoʻllasak, juda goʻzal boʻlur edi.

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Yaxshi loyihani hammamiz qoʻllasak, juda goʻzal boʻlur edi.
Anvar Shernazarov doʻstimiz bookblog loyihasini qilmoqda. Kitobxonlarning ijtimoiy tarmogʻi. Yaxshi niyat bilan boshlandi. Oʻzimizning xolis, saviyali va mustahkam platforammizga aylanishidan umidvormiz.
Biz qanday qoʻllay olamiz:

https://bookblog.uz/app ni yuklab olamiz, faol boʻlamiz, kitoblar haqida fikrlashamiz.

Bu loyihani qoʻllaydigan bir azamat insvestor boʻlsa-yu, qaniydi.
Ammo boy boyga boqar, suv soyga oqar deganlaridek, aksar puldorlarimiz faqat lazzat va riyo ortidan chopib yuribdilarki, xayrli ma’rifiy loyihalarga qosh chimirib, ensalari qotib qaraydilar.
Koshki, puldorlarimizga ham saviya va insof bitib qolsa!
Xudodan soʻrayveraylik.
Biz faqirlarga hozircha shu gap: shu bookblog tarmogʻida faol boʻlaylik.