← Barcha maqolalar

Kasbim – savdo menejeri.

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Kasbim – savdo menejeri.

Savdoga bu yozuvni ne keragi bor deyishga shoshmang, bu to'g'risida endi gaplashamiz.

Eski turkiy yozuvni o'rganishni boshlaganimizga ikki oydan oshdi.

O'rganish sababim esa, o'z tariximni yana ham yaxshi bilish, ota-bobolarim qoldirgan me'rosni o'rganish va tarqatish.

Yana ham soddaroq aytganda, ulkan xazina yashiringan xona kalitini qo'lga kiritishdir.

Ustoz Akrom Malik darslarida esa biz nafaqat o'qishni o'rganyapmiz, balki so'zlar ma'nosini bilib boryapmiz, ilm doirasidagi mavzulardan bahramand bo'lyapmiz.

To'g'ri, ilm yo'li oson emas, xossatan biz o'rganayotgan alifbo ham. Lekin ustoz ko'rsatganidek, kunlik vazifalarni bajarib, davomiy bo'lsangiz, bu o'rganishni ancha osonlashtiradi.

Sababi, bunda ko'z bu yozuvga o'rganadi va intizomga ham o'rganasiz.

O'z tarixiga qiziqqan va haqiqiy milliy tushunchasini to'g'rilab olmoqchi bo'lgan barcha bu yozuvni o'rganishi kerak deb bilaman.

Agar siz ham bu yo'lga qadam qo'ymoqchi bo'lsangiz, hech ikkilanmay darhol kirishing. Faqat maqsadingiz aniq bo'lsin va qiyinchilikka yengilib qolmasdan, o'qishdagi davomiylikka e'tibor qarating.

Doston SULTONOV

#tavsiya