← Barcha maqolalar
Millatning aql quvvati
Aql quvvati ilm bilan oʻlchanadi.
Oʻqish.
Izlanish.
Dalillarni kuzatish. Yigʻish. Solishtirish. Saralash. Mantiqiy xulosalar chiqarish.
Mana shu aqlning quvvatidan dalolatdir.
Bu ishga qodir boʻlgan odam aqlli va intellektualdir.
Aqlli va intellektuallar soni millatning jahon miqyosidagi oʻrnini belgilaydi.
Oʻyin, kulgu, yotish, yeyish, ichish va jimo asosiy maqsadi boʻlsa, oʻqish va tadqiqdan erinsa, bunday odamlar xalqning orqasida yurishga mahkumdirlar.
Oddiy hunarmand, temirchi, etikdoʻz ham olim boʻla oladi.
Faqat ilm olish kerak.
Bitta kitobni oʻqib tahlil qilish quvvati odamning ichki intellektual quvvatini koʻrsatadi.
Shunday nisbatan murakkab ishni uddalay olmaganlar bilan yuksak millat qurish juda qiyindir.