Akram Malik juda katta mashaqqatlar va ulkan sabr bilan buyuk mutafakkir, adib va…

Akram Malik juda katta mashaqqatlar va ulkan sabr bilan buyuk mutafakkir, adib va olim Alisher Navoiyning "Hayratul abror" asari ustida ilmiy ish olib bordilar. Bir necha yillik tadqiqotlar mahsuli oʻlaroq bugun mazkur kitob xalqimizga taqdim qilindi.
Asarning tilini tushunish hozirda qiyin boʻlgani uchun uni goʻzal bayon qilib, hamma tushunadigan holga keltirganlar va uning asliy tili va koʻrinishini ham zukko oʻquvchining e'tiboriga havola qilganlar.
Qisqasi, juda katta va salmoqli mehnat, hamda, hozirgi kunimizdagi koʻplab ma'naviy inqirozlardan qutilishimiz uchun yechimlarni oʻzida jo qilgan oʻta muhim kitob boʻlibdi.
Kimligimizni, oʻzligimizni, ajdodlarimizni va milliyligimizni bilmoqchi boʻlsak - "Hayratul abror"ni olib oʻqiylik! Hamma qiziqib oʻqiyotgan va trenddagi ancha - muncha kitoblardan yuz barobar ortiq kitob bu.
Hatto "Muqaddima"dan ham afzal!
Mir Arab o'rta maxsus va oliy o'quv yurti mudarrisi ustoz Ulug'bek Buxoriy