← Barcha maqolalar

Er avtokratiyasi

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Uyda er cheksiz hokimiyat egasi bo'lgan podshoh kabi bo'lishi kerak. Ya'ni avtokrat. Avtokrat erkakning oilasida tartib va baxt hukmrondir.

Chunki oqil erkak so'z erkinligi, teng imkoniyatlar va shu kabi narsalarning absurd ekanligini tushunadi.

U zimmasidagi vazifa og'irligini juda chuqur tuygani uchun ham avtokrat bo'lishga majbur.

Avtokrat er qo'lidagi ayol mutelik va tobelik hissi ila dunyodagi eng baxtiyor xotindir.

Erini katta o'g'il qilib olgan xotindan ko'ra badbaxt ayol jahonda bo'lmas!

Avtokrat er hokimiyati ostida

- ayolning kayfiyati oila kayfiyatini belgilamaydi;
- ayol erining jerkishidan yoki qattiq gapidan, tanbehidan malollanmaydi;
- ayol erga hukm o'tkazishga intilmaydi;
- er xotin zulmidan qo'rqqan holda o'zini formatlamaydi;
- er istagan vaqtda uxlaydi va uyg'ona oladi.

Agar ayol hukmron bo'lsa

- erning gapi hamisha sinadi;
- oilada erning ovozi eshitilmaydi;
- bolalar tarbiyasiz o'sadi;
- ayolning tanasida erkaklik garmoni ko'tariladi;
- erning tanasida ayollik garmoni oshadi;
- oila parokanda bo'lib, tashqi axloqsizliklar oilani egallab oladi.

Nasab va sulolaga nuqta qo'yiladi.

Avtokratiya hamisha eng to'g'ri yo'ldir. Chunki bunda adolat o'rnatish imkoni bor, ammo boshqa shaklda na adolat, na tartib o'rnatib bo'ladi.