← Barcha maqolalar

Hikoyat: Bir Sultonning uch oʻgʻli bor edi, ikkisi uzun boʻyli…

Maqola · 5 daqiqa o‘qish

Bir Sultonning uch oʻgʻli bor edi, ikkisi uzun boʻyli, sohib jamol dagʻi biri qisqa boʻyli edi. Bir kun sulton bu qisqa boʻyli oʻgʻlina haqorat koʻzi bilan boqti, oʻgʻlon farosat bilan bildi dagʻi aytti: “Ey ota uzun boʻyli ahmoqdan qisqa boʻyli oqil yaxshiroq durur”. Nechuk kim masalda kelur:

Ashshatu nažifatun val filu jiifatun.

Sheʼr:

Aqollu jibalil ardi turrun va indahu la aʼžžomu iʼnda Alloha qodron va manzila.

Bir oriq oqil odami aytti:

Bir semiz ablaha kelib qarshi,
Necha boʻlsa zaʼif tozi ot,
Bir tavila eshakdan ul yaxshi.

Bu latifa sultongʻa xush keldi dagʻi kuldi, qarindoshlari eshitib eshitib malul boʻldi.

Sheʼr:

Hunar va aʼyb erda bilgurmas,
Ne qadar ul kishitik ultursa ,
Tekma bisha ichinda ey maxdum,
Ne ajab gezlanib asad tursa.

Bu soʻzdan bir necha kun kechti, dagʻi sultongʻa bir ogʻir dushman cherisi keldi, bular dagʻi cherik yasab qarshi yurdilar. Ikki chiri muqobil boʻldi.

Avval maydongʻa sultonning ul qisqa boʻyli oʻgʻli kirdi dagʻi naʼra urub bu baytni oʻqudi:

Sheʼr:

Ey bahodirlar biling keldim bu kun maydonaman,
Bosh oʻynab jon tarkin urmagʻa mardonaman.

Sungu oʻynab ot chopub koʻb turlu ardam koʻrguzub aytti:

Ul zanjirin uzgan forisu devonaman.

Muni aytti dagʻi dushman cherisina kirib bir necha bahodir eranlarni tushurdi, dagʻi otasina xidmat qilib bu baytni oʻqudi:

Sheʼr:

Ey mani koʻrgan haqorat koʻzi bilan shohi dyor,
Boʻlmas er surat bilan lashkar ichinda ixtiyor,
Erdaminda erdamin koʻrguzmas illo er kishi,
Aylakim erdam tavoda yoʻq dagʻi arslonda bor.

Dushman cherisi hadsiz koʻb edi, dagʻi bular oz jamoat qochmagʻa yuz tuttilar.

Sheʼr:

Oʻgʻlon aytti:

Ey eranlar yot cheriga oʻt uring,
Yo borib avrat qumoshin kiyib evda oʻturung.

Ul eranlar bu soʻzni eshitib gʻayratlanib oʻgʻlongʻa uydilar, ul soat ichinda dushman cherisin sindurdilar. Oʻgʻlon kelib otasi xidmatinga yer oʻpti, sulton dagʻi ul oʻgʻlini quchub, koʻzindan oʻbti, dagʻi duo qildi, kundan kuna muhabbat nazari aning uza ziyodat boʻldi. Qarindoshlari hasad eltib ul oʻgʻlongʻa osh ichinda ogʻu berdilar.

Bularning bir qiz qarindoshi bor edi, ul qiz toqadan koʻrdi kim qarindoshina osh ichinda ogʻu berdilar. Ul qiz toqani yobti esa oʻgʻlon farosat bilan bildi, elin oshtan chekib aytti:

Bu muhol erur kim erdam eri oʻlgay, dagʻi erdamsizlar aning yerin tutqay.

Sheʼr:

Ketsa jahon valoyatni tark etib humoyi,
Boyi qushi koʻlangasina kishi kelmagi mahol.

Bu xabar sultongʻa yetti esa qarindoshlarin indab, yigrib, har birini bir yirda hokim qoʻydi, hatto fitna oʻturub nizo oʻrtadan ketgay.

Sheʼr:

Sigʻar bir hujragʻa oʻn ikki mehmon,
Bir iqlima sigʻishmas ikki sulton.

Hikoyatning mazmuni:

Sultonning uch o‘g‘li boʻlib, ikki o‘g‘li uzun bo‘yli va chiroyli, uchinchisi esa qisqa bo‘yli edi. Bir kuni sulton qisqa bo‘yli o‘g‘liga mensimay qaradi. O‘g‘li otasining maqsadini zukkolik bilan fahmlab aytadi:

Ey ota, uzun bo‘yli ahmoqdan qisqa bo‘yli oqil yaxshiroqdir.

Ya’ni insonning qadr-qimmati uning bo‘yida yoki tashqi ko‘rinishida emas aqli va fazilatidadir.

Latifa mazmuni:

Keyin bir ozgʻin oqil kishi kelib, bir semiz ablah (esi past) kishiga aytadi: “Bir toza zaif ot, bir toʻda eshakdan yaxshi”.

Bu latifa sultonga yoqib, u kuladi. Ammo sultonning boshqa qarindoshlari bundan ranjib qoladilar.

Sheʼr mazmuni:

Insonning feʼli tinch holatda bilinmasligi, haqiqiy fazilat sinov paytida namoyon bo‘lishi ,
bir sokin oʻrmonda berkinib yotgan sher boʻlishi mumkin.

Oradan bir necha kun o‘tib, sultonga katta dushman qo‘shini keladi. Sultonning qo‘shini ham saf tortib jangga chiqadi.

Birinchi bo‘lib sultonning qisqa bo‘yli o‘g‘li maydonga kiradi. U:

Sheʼr mazmuni:

Ey bahodirlar, biling, bu kun maydondaman,
Bosh o‘ynab, jon tarkin urmag‘a mardonaman.

– deb o‘zining qo‘rqmasligini va jonini fido qilishga tayyorligini bildiradi.

So‘ng ot chopib, nayza o‘ynatib, iqtidorini, jasoratini ko‘rsatadi.

U dushman qo‘shiniga kirib, bir necha bahodirlarni yiqitadi. So‘ng otasining oldiga kelib she'r o‘qidi.

Sheʼr mazmuni:

Ey meni haqorat ko‘zi bilan ko‘rgan shohi diyor.


– deya avvalgi voqeani eslatadi. Ya’ni: “Meni tashqi ko‘rinishim sabab past sanagan edingiz, ammo haqiqiy qadr jangda bilinadi”, – degan ma’no bor.

Dushman juda ko‘p bo‘lgani uchun sultonning oz sonli askarlari qocha boshlaydi. Shunda o‘g‘il:

Sheʼr mazmuni:

Bu yerda «avrat qumoshin kiyib» — ayollar kiyimini kiyib, uyda o‘tirish ma’nosida. Ya’ni u askarlarni uyaltirib, g‘ayratga keltiryapti. Agar jang qilmasangiz, qo‘rqoq bo‘lib, uyga qaytib ayollar kiyimini kiyinglar, degan mazmunda.

Shundan keyin askarlar g‘ayratlanib, dushmanga hujum qilib, dushman qo‘shinini tor-mor qiladilar.

O‘g‘ilning jasoratini ko‘rgan sulton unga mehr qo‘yadi. Ammo qarindoshlari hasad qilib uni taom orqali zaharlamoqchi bo‘ladilar.

Qarindoshlaridan bir qiz bu ishni ko‘rib qoladi va yashirincha o‘g‘ilga ishora qiladi. O‘g‘il esa buni farosat bilan anglab, qo‘lini ovqatdan tortib aytadi:

Bu muhol erur kim erdam eri o‘lgay, dag‘i erdamsizlar aning yirin tutqay.

Mazmuni:

Aqlsizlar yoki qobiliyatsizlar biror ishda qobiliyatli odamning o‘rnini egallashi — mumkin emas.

Voqeaning xabari sultonga yetib boradi. Sulton qarindoshlarini chaqirib, ularning har birini boshqa-boshqa joyga hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, ular orasidagi fitna va nizo to‘xtaydi.

Sig‘ar bir hujrag‘a o‘n ikki mehmon,
Bir iqlima sig‘ishmas ikki sulton.

Sheʼr mazmuni:

Bir kichik xonaga o‘n ikki mehmon sig‘ishi mumkin, ammo bir mamlakatga ikki sulton sig‘maydi.

Ya’ni hokimiyatni ikki kishi bir vaqtda da’vo qilsa, albatta nizo paydo bo‘ladi.

Matnni “Mumtoz alifbo tahsili” onlayn oʻquv dasturi 3-sinf oʻquvchisi Alibek DAVRON tayyorladi.

Video montaj ustasi: Davlatbek MASHRAB

Manba:
1553-raqamli qoʻlyozma elektron nusxasi 17-21-sahifa, Leyden universiteti kutubxonasi.