← Barcha maqolalar

4. Aqlga suyaning. Tuyg‘ularni chetga suring. Chunki hozir tuyg‘ularning pokligi…

Maqola · 2 daqiqa o‘qish

4. Aqlga suyaning. Tuyg‘ularni chetga suring. Chunki hozir tuyg‘ularning pokligi yo‘qolgan. Shu sababli hamisha xotirjam bo‘lish uchun aqlni ilgari qo‘ymoq maqbul ko‘rinadi. Aql orqali foyda va ziyonni farqlang: biror ishga qaror berishdan avval uning moddiy va ma'naviy ziyoni hamda foydalarini o‘lchab chiqing. Dunyo va oxiratni kuydiradigan zararli ishlardan qoching.

5. Uzoqni o‘ylang. Bugun qilinadigan ish va qilinmaydigan ishning hosilasini tasavvur eting. Qaysidir ishni kechiktirish ertaga katta yo‘qotishga olib borishini ravshan holda ko‘ra oling. Sabr-toqat talab qiladigan ishlarning mevasi shirin bo‘ladi. Mehnatdan qo‘rqmang. Tezda boy bo‘lishni istamang. Shoshilmay bir ish ustida uzoq yillar bo‘ling, shu ishdan baraka topasiz.

6. Sabr va hilmni mahkam ushlang. Har qanday holda ham tez gapirib javob bermang, sabr qiling. Sizga juda qattiq gapirsalar ham, og‘ir hamda vazmin turing, imkon qadar tabassum qiling, aslo yutqazmaysiz. Hayotda kimningdir ustunligini isbotlash shart emas, zarar va xo‘rlanishdan yiroq bo‘lmoq muhim. Kimdir o‘zini ustun va baland tutishi juda kulgili. Kulgili holga tushmang.

7. Insof va qanoatga suyaning. Kimgadir ish haqi bersangiz, insof qiling. Boriga qanoat qiling. Ko‘pini istayman deb yugurmang. Oz narsa bilan ham yashasa bo‘ladi. Boshqalarning soyasiga qarab, o‘zingizga to‘n bichmang.

8. Xudoning bandalaridan qo‘rqmang. Sizni qo‘rqitishlariga izn bermang. Haqqingizni tortib olishlariga rozi bo‘lmang, shartlarni buzib, hiylalar bilan sizning haqqingizni yeyishlariga aslo yo‘l qo‘ymang. Halol haqqi uchun kurashganga Xudo yor bo‘ladi. Halol haqqini oldirgan qo‘rqoqni xorlik kutadi.

9. Kam gapiring. Ko‘p gapirgan faqat obro‘ yo‘qotadi, hatto eng chiroyli va eng haq gaplarni ham kamroq gapirish lozim. Tanangizni ochib yurishdan qanchalik hayo qilsangiz, ko‘p gapdan ham hayo qiling.

Akrom MALIK