Ulug‘larni tahqirlash javobsiz qolmaydi
Muhammad ibn Sirin aytadi:
“Bir kuni hajda Ka’bani tavof qilayotgan edim, yonimdagi kishining:
“Ey Robbim! Menga rahm qil! Lekin mening gunohimni kechirmasang kerak!.." – deb aytayotgan duosini eshitdim.
Shunda men:
"Hoy umidsiz banda! Nega noumid duo qilayapsan?" – dedim.
U menga:
"Sen bilmaysan, men juda og‘ir gunoh qilganman", – dedi.
"Qanday og‘ir gunoh qilgansan?" – dedim.
U shunday dedi;":
"Hijratning 35-yilda 3-xalifa Usmon ibn Affon raziyallohu anhuga bo‘lgan fitnada o‘zimga so‘z berib: "Agar Usmon ibn Affon bilan ko‘rishib qolsam, uning yuziga bir tarsaki uraman!" – deb qasam ichdim.
Keyin Usmon raziyallohu anhu shahid boʻldi.
Hamma bir-bir kirib, ta'ziya ildirib chiqishardi. Men ham navbatga turib, go‘yo ta’ziya bildiradigandek, Usmon raziyallohu anhning uyiga kirdim. Fursat topib, Usmon raziyallohu anhuning yuzini ochib, bir tarsaki urib, yana yopib, chiqib ketdim.
Hech qancha vaqt o‘tmasdan urgan qo‘lim xuddi chala yongan xodaday bo‘lib qurib qoldi..."
Muhammad Sirin aytadi:
"U shunday deb menga qo‘lini ko‘rsatdi. Haqiqatan qo‘li kuygan yog‘och kabi qurib qolgan edi".