← Barcha maqolalar

Kuzatuvchilarimiz xabardor: 2021-yildan beri “Mahalla” radiokanali bilan…

Maqola · 1 daqiqa o‘qish

Kuzatuvchilarimiz xabardor: 2021-yildan beri “Mahalla” radiokanali bilan hamkorlikda hazrat Navoiy asarlarini sharhlanib, “Ma’rifat chiroqlari” eshittirishi orqali xalqimizga yetkazilmoqda.

Bu borada eshittirish muallifi, tajribali jurnalist, “Oltin qalam” Xalqaro mukofoti oliy oʻrin sovrindori Umida Gʻafforovaning xizmati katta.

Kuni kecha radioga Qashqadaryodan tinglovchi mushtariylarimiz kelishibdi va Akrom Malikka oʻzlarining qimmatli hadyalarini berib ketishibdi.

Ma’rifatni qadrlagan bunday oliyhimmat yurtdoshlarimiz borligiga shukurlar qildik.

Bu tasvirni u azizlarimizga minnatdorchilik oʻlaroq e’lon qilmoqdamiz.

Parvardigorimizdan yaxshiliklar soʻraymiz.