Qadronlar biladilarki, "Hayratul abror" dostoniga yozilgan sharh chop etildi…
Qadronlar biladilarki, "Hayratul abror" dostoniga yozilgan sharh chop etildi, tarqaldi, Xudoga shukur.
Bunga ham 4 yil o'tdi.
Endi "Farhod va Shirin" sharhiga kirishildi.
O'tgan 4 yil turfa mojaro-yu yuz qaroliklar ila sarf bo'ldi, Xudoyimning marhamati bilan doktorlik yoqlab oldik. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori bo'lgach, ilm haqida tasavvurlarimiz tiniqlashgandek bo'ldi.
Endi Xudoning marhamati bilan yana qo'lga qalam olindi va sharh yozila boshlandi.
Ko'p musibat va sinovlar natijasida af'ol-u xisolimiz ham sal jilovlangandek bo'ldi. Oʻz vujudimizga yashiringan, ammo kuchimiz yetmaydigan to'lqinlarni tanigandekmiz, ularni boshqarishga urinish malakasi ham hosil bo'layotgandek.
E'tiboringizga "Farhod va Shirin"ning 3-bobini o'qib taqdim etilmoqda. O'qishda aruz bobida yo'l qo'yilgan saktalik va nuqsonlar uchun uzr so'raymiz.
InshaAlloh, sharh jarayonida shu shaklda ajab emas, dostonni ovozli o'qib borsak!..
G'oyibona duo qilsangizlar, juda ham xursand bo'lamiz...