Insonlar boşiga şunday zamonlar keladiki, unda oyoq mahorati boş mahoratidan…

Insonlar boşiga şunday zamonlar keladiki, unda oyoq mahorati boş mahoratidan, aqldan ustun hisoblanadi.
Unda, yolğonçi kazzoblarning gapiga işoniladi, rostgöylar heç kimga yoqmaydi.
Unda, sariq çaqaga arzimaydigan, kişining dini, dunyosi va oxirati uçun ham heç qanday foydasi bölmagan, balki zarari bölgan behuda narsalar uçun musulmonlar bir – birini ayblab yuzkörmas bölib ketişadi. Unda, nomard mardlikdan, ajraşganlar oilani mustahkam qilişdan, hayotda örnini topolmaganlar tadbirkorlikdan, ilm yölini tutmaganlar haqiqatga erişiş yöllaridan vazxonlik qiladi.
Unda, hamma narsaga ulgurişga imkoniyat böla turib, heç narsaga ulgurolmaslikdan şikoyat qilinadi. Unda, vaqtdan ham, rizqdan ham baraka kötariladi. Umr juda tez ötadi, ölim köpayadi, ammo, undan ibrat oliş juda kamayadi. Unda, qadriyatlarni toptaş qadriyat, milliylikni tahqirlaş insoniylik, haqiqatlarni anglamaslik, anglaş yöllarini tösiş haqiqiy ilm deya talqin qilinadi...
Yoki kelib böldimi?
Uluğbek BUXORIY