Bizning shaxsiy (aslida, tarixdan kelgan tajriba) tavsiya shulki, bolangizga…
Bizning shaxsiy (aslida, tarixdan kelgan tajriba) tavsiya shulki, bolangizga ajdodlarimiz o‘rgangan eski turkiy alifboni o‘rgating, keyin oz-ozdan ikki-uch yil vaqt ichida “Sabotul ojizin” kitobini yodlatib qo‘ying, so‘ng o‘n uch yoshidan boshlab Sayfi Saroyi hazratlari yozgan (asli shayx Sa’diy hazratlariga tegishli bo‘lgan) “Turkiy guliston” kitobini o‘qiting. Shu asnoda Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlari qalamiga mansub “Tarixi Muhammadiy”, “Turkiston qayg‘usi” kabi kitoblarni ham mutolaa qilib borgani yaxshi. Natijada, ko‘ziga dunyo yarqirab namoyon bo‘ladi. Bolangizni to‘g‘ri fikrlashga, qat’iyatga o‘rgatsangiz, bas, undan xavotir olishga hojat yo‘q: hech kim uni yo‘lda ura olmaydi, o‘zligini yo‘qotib, endilikda chet elda yashab, vaqillab yurtidagilarga aql bo‘layotgan johillarga ham o‘ralashib yurmaydi.
Akrom MALIK