Musulmonlar yer va osmon ishi Allohning iznida ekanligini yaxshi biladilar.

Musulmonlar yer va osmon ishi Allohning iznida ekanligini yaxshi biladilar.
Zilzila Alloh amri bilan sodir bo'ladi. Insonlar gunoh va fasodga botib, harom-harish, fahsh, zulm bilan band bo'lsa, bu ishlar cho'qqiga chiqib, chidab bo'lmas joyga yetganda Xudo zilzila yuboradi.
Zilzilani oldindan aytib berish uchun har kim o'z amaliga qarashi kerak: qanchalik zino va haromxo'rlikka botgan bo'lsangiz, demak, zilziladan qo'rqish kerak.
Agar Xudo qahr qilsa, seysmologik binolar ham zilzila ichida qolib ketadi. Shuning uchun halol yashash, zulm qilmaslik, zino va fahshning hamma turidan tavba qilmoq va uzoq turmoq kerak.
Xudo hamma balodan asraydi, dahshatli ofatlarni ham Xudo yuboradi. Olamning Podshosiga ko'proq yuzlanmoq lozim. Qalbni shubhadan tozalash darkor.