← Barcha she’rlar

Bulutning o‘zi emas, keltirgan suvidir xush

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Bulutning o‘zi emas, keltirgan suvidir xush,
Suvidan ichgaysan-u, o‘zini unutgaysan.
Biz-da bulut kabimiz, shuncha jo‘shish-u xurush –
Suvimiz – so‘zimizdir, unga diqqat tutgaysan.

Bulutdek qoradirmiz, vujudi – yaradirmiz,
Bizga nazar solmagil, tashna bo‘ldingmi, aytgil!
Cho‘ldagi yo‘lchi kabi chanqasang, choradirmiz,
Keldingmi, endi suvni ichib bo‘ldingmi, qaytgil!

Akrom MALIK