← Barcha she’rlar

Haq boʻlsang, injima, injitma, tamom

She’r · 1 daqiqa o‘qish

Haq boʻlsang, injima, injitma, tamom,
Haq boʻlsang, Haq seni qilgay himoya.
Haq boʻlsang, ranjima, ranjitma, tamom,
Haq boʻlmoq tavfiqqa qilgay kifoya.

Haq boʻlsang, urinsin barcha ahli kizb,
Seni yiqitmoqqa, yiqmoqqa bilkull! –
Jam boʻlsin xotiring nusratni sezib,
Toʻgʻrini yengolmas aslo egri qoʻl!

Oʻyingni, soʻzingni, ishingni toʻliq
Haq zikr-u fikriga mos qilsang, yetar.
Bandalarni qoʻyib, Xudoga yoʻliq –
Orangni Haq bilan rost qilsang, yetar.

Akrom MALIK